Bugun YeCHLning yangi mavsumiga qur’a tashlanadi
Sport
−
13:25 293 1 daqiqa
Bugun, 27 avgust kuni Monakodagi “Grimaldi Forum” majmuasida 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Umumiy bosqichda 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qur’a natijasida har bir klubning sakkizta raqibi aniqlanadi – jamoalar to‘rtta uchrashuvni o‘z maydonida, yana to‘rttasini safarda o‘tkazadi.
Qur’a jarayonida ishtirokchilar to‘rt savatga ajratilgan. “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Bavariya”, “Inter” va amaldagi chempion PSJ birinchi savatdan joy olgan. Ozarbayjonning “Sabah” klubi esa to‘rtinchi savatdan o‘rin oldi.
Umumiy bosqichning birinchi tur o‘yinlari 8-10 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Keyingi turlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida, so‘nggi – sakkizinchi tur esa 2027 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Yakuniy jadval va o‘yinlarning aniq sanasi hamda boshlanish vaqtlari UEFA tomonidan joriy yilning 29 avgustga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Umumiy bosqich yakunida jadvaldagi eng yaxshi 8 ta jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9-24-o‘rinlarni egallagan klublar esa pley-offda ishtirok etib, qolgan sakkizta 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Live
Barchasi