Koronavirusni yo‘q qiladigan qog‘oz yaratildi

Bu qiziq

image

Chexiya Fanlar akademiyasi mutaxassislari koronavirusni yo‘q qiladigan qog‘oz ixtiro qildi. Bu haqda CHTK agentligi xabar bermoqda. 

"O‘tkazilgan testlar shuni ko‘rsatdiki, 10 daqiqada COVID tipidagi virus 70 foizga yo‘q qilinadi. Oradan 30 daqiqa o‘tib esa yuzaga tushgan koronavirus to‘liq yo‘q qilinishi sodir bo‘ladi", degan Chexiya Fanlar akademiyasi vakili Irji Sobek. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qog‘oz kimyoviy moddalar bilan to‘yingan, shuning uchun 99 foiz mikrob sirtdan bir daqiqada yo‘q bo‘lib ketadi. 

Ishlab chiqaruvchilar qog‘ozni pul va hujjatlar ishlab chiqarishda keng qo‘llanilishiga ishonmoqda. 

Tez kunlarda Chexiyada 10 tonna shunday qog‘oz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyoda koronavirusga chalinganlar 65 milliondan oshgan. 1,5 million bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS IXTIRO

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing