Koronavirusni besh daqiqada aniqlaydigan test yaratildi
Salomatlik
−
25 mart 2020
18084Singapur olimlari koronavirusni tezkor aniqlaydigan test ishlab chiqdi. Ushbu test besh daqiqada natijani olish imkonini beradi. Tezkor testni Singapur Fan, texnologiyalar va tadqiqotlar agentligining xodimlari ishlab chiqdi.
Agentlik laboratoriyasining rahbari, professor Jeki In, ushbu testdan ommaviy foydalanish bir oy ichida boshlanadi, deb umid qilmoqda. Klinik sinovlar allaqachon yakunlangan. Ushbu sinovlar testni yuqori aniqlikda ekanini ko‘rsatgan.
"Ulardan foydalanish uchun ruxsat olingandan so‘ng, testlar nafaqat oddiy shifoxonalarda, balki deyarli barcha klinikalarda o‘tkaziladi", deydi Jek In.
Ta’kidlanishicha, ushbu test yordamida mahalliy laboratoriyalar kuniga ikki minggacha ana shunday sinovni amalga oshirishi mumkin. Agar odamda koronavirus aniqlansa, shu zahoti karantinga joylashtiriladi. Bu esa koronavirusning tarqalish tezligini sustlashishiga katta yordam beradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirus aniqlangan odamlar 558 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 2 nafari kasallik sabab vafot etgan, 156 nafari esa tuzalgan.
LiveBarchasi