Koronavirusga tekshirishning qanday usullari bor?

Bu qiziq

image

O‘tgan yilning oxirida tarqala boshlagan yangi koronavirus infeksiyasi bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab 27 million nafardan ortiq odamga yuqib ulgardi. Virus judayam yuqumli bo‘lib, shunga yarasha uni aniqlashning bir qancha yo‘llari bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova COVID-19 infeksiyasini aniqlash yo‘llari haqida ma’lumot berdi.

PZR – yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatidan olingan namunada koronavirusning genetik materiali bor-yo‘qligi aniqlanadi. 

Jarayon nisbatan tez va og‘riqsiz kechadi. Kasallikning yashirin davrida ham barvaqt tashxis qo‘yish imkonini beradi.

Antitana ekspress test usuli mavjud kasallikning kechish darajasini aniqlab beruvchi qo‘shimcha tekshiruv usuli hisoblanadi.

Qon namunasida koronavirusga qarshi organizmda ishlab chiqarilgan antitanalar mavjud yoki aksincha ekanini aniqlash mumkin. 

Virusni aniqlashning yo‘li ko‘p bo‘lsa, kasallikning qaysi davrida qaysi usul samarali? 

Ekspress testlar orqali kasallikning inkubatsion davrini, PZR usulida esa virusga nisbatan organizmda immunitet bor-yo‘qligini aniqlab bo‘lmaydi. Kasallik belgilari mavjud bo‘lgan bemorlar uchun har ikki usul ham samarali.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing