Koronavirusga mustaqil test buyurtma qilish mumkinmi?
Salomatlik
−
07 aprel 2020
7002O‘zbekistonda koronavirusga mustaqil test tahlili topshirish nazarda tutilmagan. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Test tekshiruvi faqat tibbiy muassasa (poliklinika, kasalxona yoki tez tibbiy yordam) shifokori ko‘rsatmasiga asosan belgilanadi”, dedi mutaxassis.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 14 kun davomida epidemiologik noxush vaziyat bo‘lgan davlatlar chegarasidan o‘tgan, ORVI belgilari bo‘lgan bemorlarda, so‘nggi 14 kun davomida epidemiologik noxush vaziyat bo‘lgan davlatlardan birining chegarasidan o‘tgan shaxslar (yoki kasal bo‘lgan yoki ORVI alomatlari bo‘lganlar) bilan muloqot qilganlarda tekshiruv amalga oshiriladi.
“Shuningdek, ORVI belgilari bo‘lgan va pnevmoniya tashxisli bemorlarda ham test tekshiruvi o‘tkaziladi”, dedi Nurmat Otabekov.
LiveBarchasi