Koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlayotgan universitetga xakerlar hujum qildi

Texnologiya

image

San-Fransisko shahridagi Kaliforniya universitetida xakerlik hujumi amalga oshirildi. Uning xodimlari koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlashayotgan edi. Bu haqda kecha, 4 iyun kuni “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum shu hafta amalga oshirilgan, biroq ular xakerlarning xatti-harakatlari qaysi sohaga ta’sir qilganini aniqlashmagan. Hodisa haqida huquq-tartibot va xavfsizlik mutaxassislariga xabar berildi. Holatni tekshirish, shuningdek, universitetga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni aniqlash ishlari boshlangan. Ayni paytda universitet vakillarining so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar xavfsizlik nuqtai nazaridan hujum haqida qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor etmayapti.

“Bloomberg”ning ta’kidlashicha, San-Fransisko shahridagi Kaliforniya universiteti yangi koronavirusga antitanalarning mavjudligini tekshirish, shuningdek, COVID-19 kasalligi uchun dori-darmonlarni klinik sinovlarini ishlab chiqishda AQSHdagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Universitet bazasida gidroksixloroxin preparati sinovdan o‘tkazildi.

Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi kurashda samaradorligi isbotlanmagan va preparatning o‘zi tanaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina xaker

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing