Koronavirusga qarshi kurashda yordamlashish uchun 40 nafar rossiyalik shifokor O‘zbekistonga kelyapti
Jamiyat
−
15 avgust 2020
7161Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun Rossiyadan mutaxassislar kelishi haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligidagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova brifing vaqtida ma’lumot berdi.
“Bir guruh rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi prezidiumida aytib o‘tdi.
16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi”, dedi Barno Abdusamatova.
Ularning bari COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash malakasiga ega. Guruh tarkibiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog, terapevt va kardiologlar kirgan.
LiveBarchasi