Koronavirusga qarshi kuchaytirilgan tartib yanvar-mart oylarida chet elga chiqqanlarga ham tegishli bo‘ladi

Jamiyat

image
Koronavirus sabab karantin davri ayni muddao: tavsiya qilinuvchi kitoblar (ro‘yxat)  north_east

Koronavirus sabab karantin davri ayni muddao: tavsiya qilinuvchi kitoblar (ro‘yxat) 

QALAMPIR.UZ'dan koronavirusga qarshi aksiya – #UydaHayotBor north_east

QALAMPIR.UZ'dan koronavirusga qarshi aksiya – #UydaHayotBor

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi yuqorida belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi. 

Tartibning amal qilish davrida, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etiladi. 

Tartibning amal qilish davrida quyidagilar o‘rnatiladi:

a) koronavirus infeksiyasi aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020 yil yanvar-mart oylarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar:

•    Komissiya qarorlariga, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;

•    O‘zbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lgan vaqti va joyi to‘g‘risida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;

•    o‘zida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va harakatlanish yo‘nalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;

•    14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga;

•    sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga qat’iy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qo‘llash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;

•    sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tishga majburdirlar;

b) davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan izolyatsiya qilinishi lozimligi haqida talab qo‘yilgan shaxslar bilan birga yashovchi shaxslar ham 14 kun davomida yoki davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga majburdirlar.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori koronavirus kuchaytirilgan tartib

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing