QALAMPIR.UZ'dan koronavirusga qarshi aksiya – #UydaHayotBor
Jamiyat
−
20 mart 2020
6536Dard bergan, shifosini ham, albatta, beradi. Koronavirusni balo emas, imkon deb qabul qiling. Bu oilamiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish, ularga mehrli so‘zlarimiz, shirin taomlarimizni ilinish, farzandlarimiz tarbiyasi bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lish, kitob o‘qish, ota-onamizga g‘amxo‘rlik qilish, ularning duosini olish, xalqimiz, dunyo uchun duo qilish imkonini berdi.
Mamlakatda ko‘proq oila davrasida vaqt o‘tkazish, zarurat tug‘ilmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinyapti. Telekanallarda ham bayramona konsert dasturlari, yangi filmlar namoyish etilmoqda. Koronavirusni yuqtirib olish xavfidan ko‘ra, lotoreyada yutuq yutish imkoniyati yuqori. Faqat o‘zingizni ehtiyot qilsangiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalarga amal qilsangiz bas.
QALAMPIR.UZ ayni vaqtda yangi loyihaga qo‘l urmoqda. Loyihada ishtirok etish uchun cheklovlar mavjud emas. Buning uchun siz karantin vaqtida uyda qanday yumush bilan band bo‘layotganingizni suratga yoki videoga olib, #UydaHayotBor heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizga joylashtiring yoki QALAMPIR.UZ’ning Telegram’dagi manziliga – @qalampir_murojaat yuboring. Eng original suratlar va videolar saytimiz sahifalarida e’lon qilinadi.
LiveBarchasi