Odamlar: #UydaHayotBor 

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, QALAMPIR.UZ koronavirusga qarshi #UydaHayotBor deb nomlanuvchi yangi chellenj boshlangan edi. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun cheklovlar mavjud emas. Buning uchun siz karantin vaqtida uyda qanday yumush bilan band bo‘layotganingizni suratga yoki videoga olib, #UydaHayotBor heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangizga joylashtirishingiz kerak.

Ushbu chellenj doirasida tahririyatga surat va videolar yuborilmoqda. Keling, e’tiboringizga ularning qiziqlarini havola etamiz.

Suratlarda, asosan, uyda, oila davrasida dars tayyorlash, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, kitob o‘qish, mehnat qilish jarayonlari aks etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

Ishxonam shunday ham uyda

Ota-bola Barselona muxlislari

Farzandlar bilan uyda

Karantin - farzandlar nazorati

Uyda bolalar bilan tomorqaga qarayapmiz. Ko‘chaga chiqmay

Rasmda sog‘liq uchun foydali, immunitetni ko‘taruvchi sokorro taomi. Bu ovqat karantinda semirib ketmaslikka yordam beradi – Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi Malika Hakimova

Kitob o‘qiyapman, kino ko‘ryapman, uyda jismoniy mashqlar bajaryapman, yangi lug‘at yodlayapman. Umuman olganda, hayot zo‘-o‘-o‘r.

Karantin paytidan foydalanib, rejadagi kitoblarni o‘qiyapman. Virus o‘tib ketadi, vaqtimiz ham. Shu qimmatli vaqtimizdan unumli foydalanaylik

Ayni vaqtda uyda ko‘milgan toklarni ochyapman

Bog‘imizda olma gulladi. Hammasi o‘tib ketadi

Kitobga yaqinlashtirgan karantin

Uyda ingliz tilini o‘rganyapman

#UydaHayotBor #UydaIshBor


Maqola muallifi

Teglar

#UydaHayotBor UydaHayotBor Chellenj

Baholaganlar

78

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing