#UydaHayotBor aksiyasi doirasida Toshkentdagi PPX binosi va avtomobillari dezinfeksiya qilindi

Jamiyat

Avvalroq,  QALAMPIR.UZ  va"AZIZXON STAR SERVIS"  kompaniyasi hamkorligida #UydaHayotBor nomli yangi aksiya e’lon qilinib, karantin davrida aholi salomatligini saqlash maqsadida har kuni Toshkent shahrida joylashgan 20 ta xonadon va ish joylari BEPUL dezinfeksiya qilinishi va’da qilingandi. 
Erta tongdan navbat bilan aytilgan manzillarga borildi, dezifeksiyaToshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post hizmati brigadasi xizmat xonalari va mashinalarida ham amalga oshirildi. Ish jarayonini yuqoridagi slayderdagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimizki, loyiha eng avvalo boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bois biz darvoza atrofi “inomarka”larga to‘la, badavlat kishilarning xonadonlariga emas, yordamga haqiqatan muhtojlarning uyiga shoshamiz. 

Eslatib o‘tamiz,"AZIZXON STAR SERVIS" kompaniyasi Toshkent shahrida har kuni 20 ta xonadon yoki ishxonani dezinfeksiyalashni davom ettiradi.  

☎️ +998946666210 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ism-sharifingiz, manzilingiz va telefon raqamingizni qayd ettirishingizning o‘zi kifoya. 
Talablar ko‘p bo‘lishini inobatga olib, dezinfeksiya guruhimiz navbat bilan siz ko‘rsatgan manzilga yetib boradi.

Xizmat mutlaqo BEPUL!

Hurmatli yurtdoshlar agar siz ham dezinfektologiya klinikasi rahbari bo‘lsangiz va biz bilan birga koronavirusga qarshi kurashib, uni birga yengish istagida bo‘lsangiz  +998998683320 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, biz bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. 

#UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

#UydaHayotBor Dezinfektsiya

Baholaganlar

11

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing