Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi

Jamiyat

image
O‘zbek-afg‘on chegarasi vaqtincha yopilmoqda north_east

O‘zbek-afg‘on chegarasi vaqtincha yopilmoqda

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarida aholi faolligini oshirish maqsadida 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bosqichma-bosqich bepul emlanadi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mas’ul rahbarlar hisobotlari eshitilib, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarida aholi faolligini oshirish maqsadida, 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini xavf osti guruhiga mansub aholi qatlami qatorida bosqichma-bosqich Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan emlash tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, so‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing