Koronavirusga qarshi emlangan yana bir isroillik vafot etdi

Olam

image

Kecha, 29 dekabr kuni 88 yoshli isroillik qariya koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng vafot etgan. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qariya Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan bir necha soat o‘tib, Quddusda vafot etgan. 

Xabarda aytilishicha, shifokorlar bemorning sog‘lig‘ida surunkali va murakkab muammolar bo‘lganini ta’kidlagan.

Avvalroq, isroillik boshqa bir 75 yoshli qariya koronavirusga qarshi Amerikaning Pfizer vaksinasini qabul qilganidan so‘ng, yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Isroilda COVID-19 ga qarshi milliy emlash kampaniyasi 20 dekabr kuni boshlandi. Mamlakatda birinchi bo‘lib Bosh vazir Binyamin Netanyaxu emlandi. Birinchi bosqichda namuna bo‘lib, boshqalarni ham vaksina olishga undash maqsadida dastlab, sog‘liqni saqlash xodimlari, tibbiyot oliygohlari talabalari va hokimiyat vakillari emlangan. Ikkinchi bosqichda 60 yoshdan oshgan fuqarolar va koronavirus vaksinasi yomon ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan odamlar emlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Pfizer vaktsinatsiya

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing