Koronavirusga qarshi emlangan shifokor vafot etdi

Olam

image

AQSHning Florida shtatida faoliyat yuritgan shifokor koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlanganidan 16 kun o‘tib, vafot etdi. Bu haqda "Daily Mail" marhumning rafiqasiga asoslanib xabar bermoqda. 

Beva ayolning so‘zlariga ko‘ra, 56 yoshli akusher sog‘lom bo‘lgan va hech qanday surunkali kasalliklarga chalinmagan. Ammo emlanganidan bir necha kun o‘tib, u “sirli qon kasalligi”dan vafot etgan. 

“Mening fikrimcha, uning o‘limi 100 foiz vaksina bilan bog‘liq. Boshqa izoh yo‘q”, degan ayol. 

Pfizer kompaniyasining ma’lumot berishicha, ular shifokorning “juda g‘ayrioddiy” o‘limi bo‘yicha tergov ishlari olib bormoqda, ammo uning o‘limi koronavirusga qarshi vaksina bilan bevosita bog‘liqligiga ishonmayapti.

Avvalroq, Norvegiya va Isroilda ham to‘rt nafar bemor aynan Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng vafot etgandi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer (AQSH) farmatsevtika kompaniyasi va BioNTech (Germaniya) bioinjenerlik kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishni rasmiy ravishda tasdiqlagandi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh vaktsina

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing