Koronavirusga qarshi bepul dori kimlarga beriladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallikdan uyida davolanayotgan koronavirus bemorlariga dorilarni bepul yetkazib berish belgilandi.

Ammo aholi orasida bepul dorilar jamlanmasi faqatgina muhtojlarga berilishi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi va savol tug‘ildi: Bepul dori olishi mumkin bo‘lgan toifaga kimlar kiritiladi?

Bu savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

“COVID-19 ga chalingan bemorlar birlamchi bo‘g‘im, ya’ni ambulator-poliklinika muassasalari tomonidan nazoratga olinadi va zarur dorilar bilan ta’minlanadi”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi arori bilan dorilar jamlanmasiga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Paratsetamol”, “Vitamin S” kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda kiritilgan. Dorilarni qanday qabul qilish bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing