Koronavirusga qaramay, AQSHda eng yirik milliy bog‘ ochilishiga ruxsat berildi
Olam
−
08 may 2020
3801Kelayotgan dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlarning eng ko‘p tashrif buyuradigan “Greyt-Smoki-Mauntins” milliy bog‘i koronavirus epidemiyasi sababli bir yarim oylik tanaffusdan keyin tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qilgan.
“9 maydan boshlab istirohat bog‘ida ko‘plab yo‘llar va daralar ochiladi. Qarorda xodimlar, sheriklar, ko‘ngillilar, tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholining salomatligi va xavfsizligi muhim o‘rin tutadi”, deyiladi xabarda.
Mashhur sharsharalar va g‘orlarga olib boradigan yo‘llar yopiq bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Chunki ko‘p odamlar ularga tashrif buyurgani uchun ijtimoiy masofani saqlash qoidasi buzilishi mumkin.
2018 yilda “Greyt-Smoki-Mauntins” qo‘riqxonasiga 11,5 million kishi tashrif buyurdi. Park o‘zining go‘zal tog‘ tizmalari, daryolar, sharsharalar va ko‘plab endemik o‘simliklar va hayvonlarga ega keng o‘rmonlari bilan mashhur. Bog‘da, shuningdek, Amerika Barbal qora ayiqlarining ko‘p sonli to‘dasi yashaydi.
LiveBarchasi