Koronavirusga chalinganlar soni keskin oshmoqda – SSV
Jamiyat
−
28 mart 2021
27375Kecha, 27 mart kuni O‘zbekistonning o‘nta hududida 194 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlandi va kunlik o‘sish bo‘yicha joriy yildagi rekord yangilandi. Yangi holatlarning asosiy qismi Toshkent shahrida qayd etilgan.
27 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82340 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 10 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 16 nafari Toshkent viloyatida,
- 152 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 626 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 15 nafar,
- Toshkent shahrida 129 nafar bemor sog‘aydi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 80523 (+163) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1191 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi