Koronavirusga chalinganlar soni 173 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
15 iyul 2020 12080 1 daqiqa
Bugun, 15 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173 nafarga oshib, 14466 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
• 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
• 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida);
• 19 nafari Andijon viloyatida;
• 12 nafari Qashqadaryo viloyati;
• 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 16 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 8343 (+16) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 6054 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025