Koronavirusga chalinganlar 800 000 dan oshdi
Olam
−
31 mart 2020
9373Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 800 000 dan oshib, 800 ming 50 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 37 878 nafari esa virus sabab vafot etdi. 170 325 nafari esa virusdan davolandi. Bu haqda Amerikaning Jon Xopkins universiteti statistikasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Kasallik qayd etilishi bo‘yicha boshlang‘ich o‘nlikni AQSH (164 610), Italiya (101 739), Ispaniya (94 417), Xitoy (82 272), Germaniya (67 051), Fransiya (45 171), Eron (44 605), Buyuk Britaniya (22 465), Shveysariya (15 922), Belgiya (12 775) band etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 178 taga yetdi.
Avvalroq, koronavirusga chalinganlar soni 600 000 dan oshgani haqida xabar bergan edik. Virusning yana 200 ming odamga yuqishi uchun bir haftadan kamroq vaqt kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi