Koronavirusga chalingan Zelenskiy shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
12 noyabr 2020
4493Koronavirusga chalingan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Prezident devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qilgan.
Shuningdek, Prezident devoni rahbari Andrey Yermak ham koronavirusga chalingani sababli shifoxonaga yotqizilgan.
"Barchasi qat’iy nazoratda. Ular (Zelenskiy va Yermak) "Feofaniya" shifoxonasida. U yerda Prezident uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan jihozlangan maxsus ofis mavjud", degan Podolyak.
Unga ko‘ra, Zelenskiy va Yermak alohida-alohida palatalarda davolanishmoqda va telefon orqali muloqot qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 9 noyabr kuni koronavirusga chalingani haqida ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi