Koronavirusga chalingan yana 8 bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan 1275 bemordan yana 8 nafari sog‘aydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Poytaxt Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari Turkiyadan, yana bir nafari esa Rossiyadan Toshkentga charter reysi bilan kelishgan. Qolgan besh nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda, eng kichigi esa 10 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Ularning shifo topishida mazkur klinika jamoasi birdamligi, mahorati va tajribasi hal qiluvchi rol o‘ynaganini alohida ta’kidlash lozim. E’tiborli jihati, mazkur klinikada shu paytga qadar 56 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 64 nafarga yetdi.

Har bir shifo topgan bemor quvonchidan, minnatdorligidan kuch olib, ruhlanib, bor tajriba va mahoratini ishga solishayotgan shifokorlarimiz qahramonligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning navbatma-navbat sog‘ayishini ta’minlamoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan jami 107 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing