Koronavirusga chalingan Ramzan Qodirov og‘ir ahvolda – OAV
Olam
−
23 may 2020
44691Koronavirus bilan kasallangan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hozir og‘ir ahvolda. Uning o‘pkasining jiddiy zararlangan. Bu haqda kecha, 22 may kuni “Tengrinews“ nashri xabar qildi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, Qodirov 2-3 hafta oldin koronavirusga chalingan Chechenistonning Urus-Martan tumani rahbari Valid Abdurashidov oldiga tashrif buyurganida kasallikni yuqtirgan. Qodirov shifoxonaga tashrifida tuman rahbari bilan quchoqlashib ko‘rishgan.
“Abdurashidov koronavirus bilan kasallangan edi va Ramzan Qodirov uni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Biroq, Prezident “xavfli zonaga“ beparvo tashlangan himoya kiyimi va oddiy niqob bilan kirib ketdi. U hatto bemorni quchoqladi. Bir hafta o‘tgach, Ramzan Axmatovich o‘zini odatdagidan ancha yomonroq his qila boshladi. Ammo dastlab ORVIga chalindim deb o‘yladi. Shu sababli vaqt yo‘qoldi va endi Moskvadagi shifokorlar Checheniston Respublikasi rahbarining hayoti uchun kurashmoqdalar“, deyiladi xabarlarning birida.
“Komsomolskaya pravda“ manbasining ta’kidlashicha, Checheniston rahbari o‘pkaning 70 foizi zararlangan bo‘lishi mumkin. Bu kasallikning og‘irligini ko‘rsatadi.
Shu orada, “Axmat“ futbol klubining bosh direktori Ahmed Aydamirov kecha, 22 may kuni RBK nashrini Qodirov Chechenistonda ekani va uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech nima yo‘qligini aytgan.
“Ramzan bilan hammasi yaxshi, u hech qayoqqa ketmadi“, deydi Aydamirov.
Shu bilan birga, Aydamirov Checheniston rahbarining sog‘lig‘i haqidagi so‘zlari “shaxsiy fikrga“ asoslanganligini ta’kidladi, Chunki Qodirovning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar tarqalgandan keyin u Respublika rahbari bilan shaxsan muloqot qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov 21 may kuni Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgan. Checheniston rahbarining matbuot xizmati hanuzgacha uning sog‘lig‘i haqida rasmiy izoh bermadi.
LiveBarchasi