Koronavirusga chalingan Nurmat Otabekovning ahvoli qanday?
Jamiyat
−
30 iyul 2020
47200O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ muxbiri Nurmat Otabekov bilanbog‘lanib, uning ahvoli haqida ma’lumot oldi. Suhbatda u ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi, shuningdek, koronavirusni qayerda yuqtirib olganini ham aytib o‘tdi.
“Ishxonada bir nechta xodimlarda kasallik aniqlangandan keyin, salomatligimni asrash nuqtai nazaridan tahlil topshirdim. Tahlil topshirishimga sabab asosiy sabab tana haroratim ko‘tarilganligi. Tahlil topshirganimdan so‘ng menga natija musbat ekani aytildi. Ikkinchi marotaba ham tahlil topshirishga qaror qildim. Ikkinchi marotaba ham tahlil javobi musbat natija chiqqanidan so‘ng, klinik belgilar kuzatilmasdan turib shifoxonaga yotishga qaror qildim”, dedi Otabekov.
U o‘zida koronavirusning birgina belgisi harorat ko‘tirilishi kuzatilayotganini qo‘shimcha qildi hamda barchani ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
“Meni bezovta qilgan yagona belgi tana haroratining ko‘tarilishi va ozgina terlash bo‘ldi. Hozir shifoxonadaman muolajalarni olyapman. Hozirda salomatligim yaxshi ijobiy o‘zgarishlar bor. Jiddiy muammolarni ko‘rayotganim yo‘q. O‘ylaymanki tez orada sog‘ayib o‘z faoliyatimni davom ettiraman. Meni ahvolim haqida qayg‘urgan so‘raganlarga minnatdorlik bildiraman. O‘ylaymanki biz yaqin orada yana ko‘rishamiz va birgalikdagi faoliyatimizni davom ettiramiz. Barchaga sog‘lik tilayman kasallikni yuqtirib olish ehtimoli barchada bo‘lgani uchun, hamma ehtiyot bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman”, dedi Otabekov.
Mas’ulning ma’lum qilishicha, uning oila a’zolari uy sharoitida karantinga olingan. Ularni barchasidan namunalar ham olingan hozirda muammolar yo‘q.
LiveBarchasi