Koronavirusga chalingan “Ipoteka bank“ xodimi qayerlarda bo‘lgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
27 may 2020
19046Avvalroq, “Ipoteka bank“ xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu xodim virus aniqlanguncha “Buyuk ipak yo‘li“ ko‘chasidagi “Salom“ choyxonasi to‘g‘risidagi “Korzinka“ supermarketi va “Ekobozor“ga kunora borib turgan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi brifingda ma’lum qildi.
“Ayni paytda koronavirus yuqtirgan “Ipoteka bank“ xodimining virusni qayerdan yuqtirgani, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun surushtiruvlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur bemorga oid ma’lumotlarni aniqlash jarayonida uning “Buyuk ipak yo‘li“ ko‘chasidagi “Salom“ choyxonasi to‘g‘risida joylashgan “Korzinka“ supermarketida va “Ekobozor“da kunora bozorlik qilgani ma’lum bo‘ldi“, deydi Sevara Ubaydullayeva.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3333 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 2636 nafari sog‘aygan. 14 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi