Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas – Mirziyoyev
Jamiyat
−
20 iyul 2020
13088O‘zbekistonda surunkali kasalligi bor bemorlar koronavirus bemorlari ko‘payishi va ixtisoslashtirilgan shifoxonalar to‘lib ketgani sababli malakali tibbiy xizmatdan mahrum bo‘lib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
"Koronavirusni davolaymiz deb, deyarli barcha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari to‘ldirib tashlandi. Natijada surunkali kasalligi bor bemorlar malakali tibbiy xizmatdan deyarli mahrum bo‘ldi", dedi Prezident.
Muasaddilarga surunkali kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalardagi koronavirusga chalingan bemorlarni boshqa joylarga, shu jumladan xususiy klinikalarga ko‘chirish orqali surunkali xastaligi bor bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini qayta tiklash choralarini ko‘rish topshirig‘i berildi.
"Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas", deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi