Koronavirusga chalingan chiroqchilik 14 yashar bolaning 8 yashar ukasi tuzaldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi davolanayotgan koronavirusga chalingan bemorlardan 2 nafari butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Bunda, shubhasiz, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor. Ularning sa’y-harakatlari, xalqaro standarlar asosida davo choralari ko‘rilgani bemorlarning tuzalishiga zamin yaratdi.

Ayni paytda qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 896 bemordan jami 68 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 4 kishi vafot etdi. Mavjud bemorlar 824 kishini tashkil etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashagan 14 yashar bolakayda koronavirus aniqlangan  Keyinroq 14 yoshli bolaning 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasida ham koronavirus aniqlangandi. Viloyatda qayt etilgan oltinchi bemor esa Chiroqchining boshqa qishlog‘ida yashaydigan, avval Toshkentdagi firmada ishlagan 56 yoshli fuqaro bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing