Koronavirusga chalingan bemorlarning qayerda davolanayotgani haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasida koronavirusga chalinganlar soni 1390 kishiga yetgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 17 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ushbu bemorlar qaysi hududlarda davolanayotgani haqida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu kasallik bilan kurashayotganlarning 420 nafari Toshkent shahridagi shifoxonalarga joylashtirilgan. Kasallanganlarning 376 nafari esa Buxoro viloyatida davolanmoqda.

Shuningdek, Xorazmda — 177 ta, Andijonda — 126 ta, Namanganda — 89 ta, Farg‘onada — 86 ta, Qoraqalpog‘istonda — 58, Surxondaryoda — 23 ta, Samarqandda — 8 ta, Qashqadaryoda — 6 ta, Sirdaryoda — 6 ta, Jizzaxda — 3ta va Navoiyda — 2 ta bemor shifoxonalarga joylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu bemorlarning aksariyati dastlab karantinda bo‘lgan. Kasallik tasdiqlangandan so‘ng hududlardagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 140 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing