Koronavirusdan uyda davolanayotganlarga tavsiya

Salomatlik

image

Avvalroq, koronavirus infeksiyasining alomatsiz shakliga chalingan bemorlarni uyda davolash tartibi belgilangani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun eslatma bilan chiqdi:

•    Uydan chiqmaslik;
•    Aksirganda, yo‘talganda burun va og‘izni yopish. Qo‘lni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;
•    Tibbiy niqob taqish va har 2 soatda muntazam almashtirish;
•    Xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish;
•    Uydagilar bilan muloqotni cheklash;
•    Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;
•    Alohida idish tovoqlardan foydalanish;
•    COVID-19 belgilari aniqlanganida tez yordam xizmatiga (103), hududiy poliklinika (QVP, QOP, OP)ga yoki koll-markazga (1003) murojaat qilish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 5 iyuldan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

677

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing