Koronavirusdan sog‘ayganlar 1500 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 may kuni Farg‘ona viloyatda bir yo‘la 47 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shifo topganlarning 11 nafari Rossiyada bo‘lib qaytgan, yana 11 nafari esa Turkiyadan charter reysida Farg‘onaga olib kelingan va karantinga olingan. Yana 1 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kirib kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 24 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 36 nafari Farg‘ona viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Navoiy, Samarqand viloyatlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan bemor butunlay sog‘aygan. Ularning 31 nafari erkak, 16 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 86 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli bola.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirus infeksiyasidan ayni paytda 131 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 96 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1501 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2204 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing