Koronavirusdan bahorgacha qutulishning imkoni bormi?
Salomatlik
−
24 Noyabr 2020 10122 1 daqiqa
Koronavirus 2021 yilning bahorigacha to‘liq yo‘qolmaydi, ammo u susayishi mumkin. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova gapirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya allaqachon mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, boshqa mavsumiy viruslar qatoridan joy olgan.
Popova COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish mavjudligini, ammo profilaktika choralarini susaytirib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
“Katta ehtimol bilan COVID-19 har yili keladi. U sovuq mavsumda faol bo‘ladi”, degan Popova.
Ma’lumot o‘rnida, dunyoda koronavirusga chalinganlar 59 mlndan oshgan. 1,4 mln bemor vafot etgan. 41 mlndan ko‘p odam sog‘ayib ketgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr