Koronavirusdan himoya 3 kishining o‘limiga va 4 kishining jabrlanishiga olib keldi
Olam
−
27 iyun 2020
24622AQSHning Nyu-Meksiko shtatida 3 kishi qo‘llari uchun mo‘ljallangan antibakterial vositani ichganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda 26 iyun, juma kuni KOAT telekanali shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
Boshqa bir jabrlanuvchi butunlay ko‘r bo‘lib qoldi, uch kishining ahvoli og‘ir hisoblanmoqda. Buning sababi suyuqlik tarkibida metil spirti bor edi. Uning asosida dori tayyorlangandi. Ular koronavirusdan “yanada” himoyalanmoqchi bo‘lishgan, deyiladi telekanal xabarida.
AQSHda koronavirus infeksiyasining pandemiyasi fonida, antibakterial gellar keng tarqaldi. Amerikaliklar ularni har doim o‘zlari bilan olib yuradi. Shuningdek, ko‘plab jamoat joylari va do‘konlarda gelli konteynerlar o‘rnatilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2,4 milliondan ortiq odamning koronavirus bilan kasallanganligi aniqlandi. 124 mingdan ortiq odam infeksiyadan vafot etdi.
LiveBarchasi