Koronavirus: JSST Yevropa uchun xavotirli prognozini e’lon qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Agar shoshilinch cheklov choralari ko‘rilmasa, Yevropada 2022 yil martigacha koronavirusdan yana 500 ming o‘lim qayd etilishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge BBC’ga ma’lum qilgan.  

U himoya niqoblarini taqishni davom ettirish, emlash tezligini oshirish, asosiy sog‘liqni saqlash choralariga rioya qilish va yangi davolash usullarini joriy etishga chaqirgan. 

Klyugening ta’kidlashicha, tarqalish ortida qish mavsumi, emlashning yetarli darajada emasligi va yuqumliroq “Delta” variantining mintaqaviy yetakchiligi kabi omillar yotadi. 

Doktor Klyugening aytishicha, majburiy emlashga “muhim chora” sifatida qarash kerak, ammo hozir bu masala bo‘yicha “huquqiy va jamoatchilik muhokamasi” o‘tkazishning ayni vaqti. 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda bir qator Yevropa mamlakatlari rasmiylari kasallanishning ko‘payishi sababli koronavirusga qarshi cheklov choralarini kuchaytirgan. Avstriyada 22 noyabrdan boshlab umumiy lokdaun e’lon qilingan. U COVID-19 ga qarshi emlash majburiy bo‘lishini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlati hisoblanadi. Mamlakatda yangi qoidalar fevral oyidan kuchga kirishi kerak, chunki chora qanday qo‘llanilishi tafsilotlari hali ham muhokama qilinmoqda. 

Ko‘plab boshqa Yevropa davlatlari ham holatlar soni ortib borayotganligi sababli yangi choralar ko‘rmoqda. Chexiya va Slovakiya emlanmagan odamlarga yangi cheklovlarni e’lon qilgan. 

Germaniyada Sog‘liqni saqlash vaziri Yens Span vaziyatni “mamlakatda favqulodda holat” deb ta’riflagan. 

Buyuk Britaniya hukumati doimiy ravishda Angliya uchun yangi izolyatsiya joriy etish rejasi yo‘qligini aytib kelgan, lekin mamlakatda ba’zi yopiq joylar uchun majburiy COVID pasportlari, ba’zi hududlarda majburiy yuz niqoblari va uydan ishlash bo‘yicha maslahatlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha choralarni kiritishi mumkinligini ta’kidlangan. 

Avvalroq, Yevropaning yirik shaharlarida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarning kuchaytirilishiga qarshi namoyishlar avj olgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa koronavirus

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing