Koronavirus yuqtirgan o‘zbekistonliklar 2800 nafardan oshdi. 6 bemor og‘ir ahvolda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 11 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 19 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2802 nafarni tashkil qilmoqda. Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 10 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan 7 nafari Rossiyadan kelgan va 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) hamda 1 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 475 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2314 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing