Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish 400 nafardan ortiq bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekistonda 443 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida jami 304 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 418 nafar bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 160 nafar bemordan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

495

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing