Koronavirus: O‘zbekistonda ikki oydan so‘ng ilk bor kunlik o‘sish 300 dan kamaydi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
11102Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekistonda 257 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi holat ikki oydan ziyodroq vaqt avvalgi, ya’ni 27 iyun kuni koronavirus qayd etilgan 255 nafarlik minimumga yaqinlashdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 293 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 797 nafar bemordan 40 176 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda oxirgi marta 2 iyul kuni sutka davomida koronavirus aniqlanganlar 300 nafardan kam bo‘lgandi. O‘sha kuni 297 holatda virus qayd etilgan.
LiveBarchasi