Koronavirusdan o‘lim bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi

Olam

image

O‘tgan sutkada Yer yuzasida 11,6 mingdan ortiq bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu pandemiya boshidan beri kuzatilmagan ko‘rsatkich. Bu haqda "Worldometer" ma’lumotlariga tayanib xabar berilmoqda. 

Koronavirus qurbonlarining umumiy soni esa 1 million 301 ming 412 ga yetgan.

Bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida kasallik yuqtirib olganlar soni bo‘yicha ham antirekord qayd etilgan, ya’ni 666 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. 

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 53 milliondan ko‘p odamda COVID-19 kasalligi qayd etilgan. 37 milliondan ortiq odam sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus dunyo

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing