Koronavirus “o‘chog‘i” Uxandan 84 nafar o‘zbekistonlik qaytarilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:45 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Vuxandan yo‘lovchilar bilan Toshkent aeroportiga yetib keladi. 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Avval xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoy poytaxti Pekindan olib keldi. Ular tekshiruvdan o‘tkazilib, maxsus tayyorlangan yashash markaziga joylashtirildi. Birlamchi tekshiruvlardan so‘ng Pekindan qaytgan o‘zbekistonliklarda koronavirus alomati aniqlanmadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 492 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 24552 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

virus

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing