Koronavirus: Toshkentda 17 kishi sog‘aydi. Ularning orasida chaqaloq ham bor
Jamiyat
−
20 iyun 2020
5220Bugun, 20 iyun kuni Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida esa 1 nafar, jami 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tuzalganlarning 5 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2215 nafarga yetdi.
Shunday qilib, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4290 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi