Koronavirus: Toshkent va Samarqandda vaziyat jiddiyligicha qolmoqda
Jamiyat
−
16 may 2021 8744 2 daqiqa
Kecha, 15 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96670 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 302 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 5 nafari Andijon viloyatida,
• 7 nafari Buxoro viloyatida,
• 6 nafari Jizzax viloyatida,
• 6 nafari Namangan viloyatida,
• 73 nafari Samarqand viloyatida,
• 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 11 nafari Xorazm viloyatida,
• 38 nafari Toshkent viloyatida,
• 131 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25 nafar,
• Buxoro viloyatida 3 nafar,
• Jizzax viloyatida 15 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
• Navoiy viloyatida 5 nafar,
• Namangan viloyatida 6 nafar,
• Samarqand viloyatida 48 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 12 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
• Toshkent viloyatida 54 nafar,
• Toshkent shahrida 104 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 92111 (+280) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 668 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3891 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi