Koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlar lavozimidan ozod etiladi

Jamiyat

image

Koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llaniladi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni e’lon qilingan Respublika Maxsus komissiyasi qarorida so‘z boradi.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini (reydlarni) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi. 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilandi. 

“Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta’minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing