Koronavirus tarqalishi keskin kamaydi. Qurbonlar soni 116 nafarga ko‘paydi

Olam

image

Xitoyda paydo bo‘lgan yangi COVID-19 koronavirusi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishing. Bugun, 20 fevral holatiga COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 418 nafarga ko‘payib, 75 727 nafarga yetdi. Ularning 74 557 nafari Xitoyning materik qismida aniqlangan.

Koronavirusdan davolanganlar soni 16 433 nafarga yetdi. Bemorlarning 21 foizi yoki 12 063 nafari og‘ir ahvolda qolyapti.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 2128 nafarni tashkil qilyapti. Ularning 2118 nafari Xitoyda halok bo‘lgan. Qayd etish kerakki, “Diamond Princess” kruiz kemasida virus yuqtirganlardan ikki nafari halok bo‘ldi.

Kechadan beri virus yuqtiranlarning umumiy soni 418 nafarga ko‘paygani koronavirusning jilovlanganini ko‘rsatadi. Ammo unga qarshi vaksina yo‘qligi xavfning saqlanib turishiga sabab bo‘ladi. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing