Koronavirus sabab yana bir muhim boks uchrashuvi qoldirildi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO, IBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasida joriy yilning 20 iyun kuni Londonning "Tottenxem" futbol klubi stadionida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang koronavirus sabab qoldirildi. Ushbu bokschilar o‘rtasidagi bellashuv qachon bo‘lib o‘tishi vaziyatga qarab keyinroq e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Entoni Joshua boksdagi professional faoliyatida 24 marotaba ringga ko‘tarilgan. Ushbu janglarning 23 tasida g‘alaba qozongan, 1 marta mag‘lubiyatga uchragan. Joshua 24 ta jangning 21 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 

Kubrat Pulev boksdagi professional faoliyati davomida 29 marotaba jang qilgan. Ularning 28 tasida g‘alaba qozongan, 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Pulev o‘tkazgan janglarning 14 tasida raqiblarini nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alabani naqd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sport Kubrat Pulev Entoni Joshua

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing