Koronavirus sabab Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi musobaqa qoldirildi
Sport
−
10 mart 2020
4700Joriy yilning 14-17 mart kunlari BAAning Dubay shahrida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Gran-pri turniri o‘tkazilishi belgilangan edi. Biroq butun dunyoga xavf solayotgan koronavirusi sabab mazkur musobaqa ham bekor qilindi.
Hozircha Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi ushbu turnir qachon va qayerga qoldirilgani borasida aniq ma’lumot bermagan.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Dubay shahrida mazkur musobaqaga hozirlik ko‘rgan edi. Delegatsiya ertaga Toshkentga qaytib keladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval kurash, boks bo‘yicha litsenzion musabaqalar va velosport bo‘ycha Osiyo chempionati koronavirus sabab o‘tkazilmagandi.
LiveBarchasi