Koronavirus profilaktikasi uchun qanday dorilar ichish kerakligi aytildi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
67273O‘zbekistonda koronavirusni uyda davolash mumkin deyilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda virusni davolash uchun turli dorilar va retseptlar tavsiya qilish avj oldi.
Shu sababli Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov profilaktika uchun qanday dorilar ichish kerakligi haqida ma’lumot berdi.
“Koronavirus infeksiyasining oldini olishda birinchi navbatda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish zarur.
Kasallik profilaktikasi uchun yoki kasallik belgilari namoyon bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak, har xil tavsiyalar va reklamadagi preparatlar bilan bilib-bilmay o‘zboshimchalik bilan davolanish natijasida kasllikni og‘ir formasiga o‘tkazib yuborish mumkin.
Shu bilan birgalikda mutaxassislar profilaktika maqsadida Azitromitsin, Plakvenil va Lopiavir/ritonavir, Remdesivir, Umifenovir, Favipiravir dorilarining birontasini shifokorlar tavsiyasiga asosan qabul qilib turishni tavsiya etmoqdalar”, dedi Otabekov.
Ammo bu dorilar shahar dorixonalarida fuqarolar sotib olishi uchun mavjudmi yo‘qmi bunisi noma’lum.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 360 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 7852 nafari sog‘aygan va 62 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi