Koronavirus pandemiyasi sabab YouTube'da qanday videolar bloklanishi ma’lum qilindi

Texnologiya

image

YouTube rasmiy axborot manbalari — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va mahalliy sog‘liqni saqlash idoralarining koronavirus to‘g‘risidagi xabarlariga zid bo‘lgan ma’lumotlar aks etgan materiallarni joylashni taqiqladi. Bu haqda Google kompaniyasi ma’lum qildi.

Koronavirus pandemiyasi sababli quyidagi videolar YouTube tarmog‘ida bloklanadi:

– muayyan millat yoki irq odamlari COVID-19 ga qarshi immunitetga ega ekanligi to‘g‘risida;

– xalq tabobati bilan davolanishga va kasal bo‘lganda tibbiy yordam so‘ramaslikka oid chaqiriqlar;

– nafas siqilishi — organizmda koronavirus borligining ishonchli alomati ekani to‘g‘risida;

– koronavirus yuqtirish ehtimoli tufayli Osiyo taomlarini tanovul qilmaslik haqida;

– COVID-19 kasalligi 5G tarmog‘i orqali tarqalishdan kelib chiqqani to‘g‘risida;

– kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda tarqamasligi haqida;

– ijtimoiy masofa va izolyatsiyalanish virus tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha samarali vosita emasligi to‘g‘risidagi videolar.

Avvalroq, YouTube pandemiya sharoitida videolarning sifatiga o‘zgartirish kiritgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

YouTube pandemiya

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing