YouTube monetizatsiyani yoqish talablarini keskin kuchaytirdi
Texnologiya
−
14:49 1201 1 daqiqa
YouTube monetizatsiyani ulash uchun zarur bo‘lgan ko‘rishlar soni talabini ikki baravarga oshirdi. Bu haqda “TechCrunch” xabar berdi.
Hozirda monetizatsiya 1 ming nafar obunachisi bo‘lgan hamda bir yil davomida oddiy videolari kamida 4 ming soat ko‘rilgan yoki 90 kun ichida Shorts roliklari 10 million marta ko‘rilgan mualliflar uchun ochiq.
Endi talablar ikki baravarga ortadi: yiliga 8 ming soat ko‘rish va 90 kun ichida Shorts roliklarini 20 million marta ko‘rish.
Bundan tashqari, YouTube qisqa roliklardan olinadigan daromadlarni taqsimlash tartibini qayta ko‘rib chiqadi. 1 fevraldan boshlab Shorts’dagi reklama va Premium obunalaridan to‘lovlarni faqat oxirgi 90 kun ichida kamida 10 million ko‘rish to‘plagan kanallar oladi.
Ko‘rsatkich pasaygan taqdirda, muallif dastur ishtirokchisi bo‘lib qolaveradi, ammo faqat uzun videolardan daromad oladi.
Mualliflarni qo‘llab-quvvatlash uchun YouTube Premium Lite obunasi geografiyasini kengaytirgan. U endi oddiy Premium mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlarda ishlaydi. Mualliflar ko‘rishlar soni va vaqtiga qarab obunadan tushadigan daromadning bir qismini olishlari mumkin. Yangiliklar dasturning amaldagi ishtirokchilariga ta’sir qilmaydi.
Yangi qoidalar 2027 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.
Live
Barchasi