Koronavirus: Olimpiya o‘yinlari boshlanishi arafasida Tokioda vaziyat jiddiylashmoqda 

Olam

image

O‘tgan kun davomida Yaponiya poytaxti Tokioda 2021 yil yanvaridan buyon rekord darajada koronavirus holati qayd etildi — 1306 ta. Bu haqda shahar ma’muriyati xabar bergan.  

Tokioda ikkinchi kun ketma-ket mingdan ortiq kasallik holati aniqlanmoqda. Bir hafta oldin bu ko‘rsatkich kuniga 900 ga yaqin holatni tashkil qilayotgan edi. Yaponiya poytaxtida epidemiologik vaziyat joriy yil yoz fasli o‘rtalarida yomonlashdi: 12 iyulda shaharda favqulodda rejim joriy etildi, u 22 avgustga qadar davom etadi. 

Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha kuchaytirilgan choralar ommaviy tadbirlarda qatnashishni cheklash hamda kafe va restoranlarda alkogolli ichimliklar sotilishini taqiqlashni o‘z ichiga oladi. 

Avgust oyining oxirigacha favqulodda holat rejimi Tokio bilan qo‘shni prefekturalar — 
Kanagava, Saytama va Tibada ham amalda bo‘ladi. 

Avvalroq, Tokioning 60 foiz aholisi “Tokio-2020” yozgi olimpiada o‘yinlarini o‘tkazilishiga qarshi chiqayotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio koronavirus

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing