Koronavirus mavjud bo‘lmagan Turkmanistonda aholi “Sputnik V”  bilan emlanmoqda

Olam

image

Turkmanistonda aholini COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon joriy yilning fevral oyida boshlangan. 

Rasman koronavirus bilan kasallanish holatlari mavjud bo‘lmagan mamlakat o‘tgan oyda bir vaqtning o‘zida ikkita rus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va xavf guruhiga qarshi emlashni boshlagan.

Turkmaniston rasmiylari va davlat ommaviy axborot vositalari emlash boshlangani haqida xabar bermagan. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlash jarayoni va xususiyatlari to‘g‘risida ham rasmiy tushuntirishlar berilmagan.

Biroq “Xronika Turkmenistana” nashriga ko‘ra, shu kunlarda Ashxobodda sog‘liqni saqlash va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanmoqda

Yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash markazi va S.A. Niyozov nomidagi tibbiy maslahat markazining deyarli barcha xodimlari emlanib bo‘lgan. Qolgan fuqarolarni emlash esa mart oyidan boshlanishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, birinchi emlash bepul, ikkinchisi esa ishlaydigan odamlar uchun pullik bo‘ladi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiradigan Suv xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlaridan, shuningdek energiya ta’minoti, avtomobil transporti va otchilik ishchilaridan emlash uchun 200 manat (602 ming so‘m – tahr.) yig‘iladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston “Sputnik V“

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing