Koronavirus laboratoriyada yaratilganmi? AQSHda so‘rovnoma o‘tkazildi

Olam

image

AQSHda koronavirus kelib chiqishi haqida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada qatnashgan amerikaliklarning deyarli yarmi ya’ni 44 foizi koronavirusni laboratoriyada yaratilgan deb o‘ylashadi.

Ta’kidlanishicha, amerikaliklarning uchdan bir qismi (29%) koronavirus infeksiyasini oldini oluvchi vaksina mavjud deb ishonishadi. Ularning fikricha, ushbu vaksina odamlardan yashirilgan.

Bundan tashqari, AQSH aholisining 48 foizi, shuningdek, mamlakat rasmiylari koronavirus ta’sirida vafot etganlarning aniq sonini ulardan yashirishayotganini aytishdi. Umuman olganda amerikaliklar koronavirus bo‘yicha ko‘p narsada hukumat ularni aldamoqda deb hisoblaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 987 322 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 118 781 nafari sog‘aygan, 55 415 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 813 126 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

So'rovnoma Koronavirus AQShda

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing