Munisaning tug‘ishidan Allamjonovga suiqasdgacha
Jamiyat
−
28 noyabr 2024
9231Noyabr oyi O‘zbekiston uchun muhim siyosiy voqealarga boy bo‘ldi. 27 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovidan so‘ng iste’foga chiqqan hukumat ko‘p o‘tmay yana o‘z o‘rniga qaytdi. Ammo yaqindagina Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Mudofaa vaziri o‘zgardi. DXX va ichki ishlar sohasida bir qancha xodimlar lavozimlaridan ozod qilindi.
Xo‘sh, mamlakatda bo‘layotgan bu kabi muhim siyosiy voqealardan O‘zbekiston fuqarolari qay darajada xabardor? Ular qanday axborotlarni o‘qimoqda? QALAMPIR.UZ shu savollar bilan aholiga yuzlandi.
So‘rovnomada ishtirok etgan fuqarolarning aksariyati O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng so‘nggi voqealar sifatida shou-biznes yangiliklarini tilga oldi. Masalan:
“Munisa Rizayeva bo‘yicha so‘nggi xabarlarni o‘qidim. Bolali bo‘libdi”;
“Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdim – ko‘plab blogerlar turmush qurishdi”;
“Munisa Rizayevaning chet elda farzandli bo‘lganlarini eshitdim faqat”, deya javob berdi respondentlar.
Ayrim respondentlar hukumatda so‘nggi vaqtlarda bo‘layotgan muhim siyosiy o‘zgarishlardan ham xabardor ekanini ma’lum qildi. Ammo ulardan batafsil xabardor emasligini aytdi.
“Yaqinda parlament o‘zgardi. Lekin O‘zbekiston vazirlarining hammasini o‘z o‘rnida qoldirishdi shekilli”, dedi internet orqali siyosiy voqealarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi fuqaro.
“Prezidentimiz tomonidan shu kunlarda deputatlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi, keyin Yangihayot tumaniga borib keldi”, dedi boshqa bir fuqaro.
Shuningdek, ko‘pchilik mudofaa sohasida yuz bergan so‘nggi o‘zgarishlarni ham qiziqish bilan kuzatgan.
“Mudofaa vaziri DXX rahbari bo‘ldi”;
“Parlament o‘zgarishlari, Abdulla Aripovning qaytadan saylanganini ko‘rdim”;
“Oxirgi marta O‘zbekiston Prezidenti Olimpiya raisi bo‘lganini o‘qigandim. Menimcha, parlamentda o‘zgarishlar bo‘ldi, vazirlar o‘zgardi”;
Shuningdek, fuqarolar orasida siyosiy xabarlarga qiziqmaydiganlar ham yo‘q emas.
“Ochig‘ini aytsam, uncha siyosatga aralashmayman. Lekin davlatni qo‘llab-quvvatlayman. “Ko‘p gap eshakka yuk”, deganday biladigan professionallar qilgani yaxshi bu narsalarni”, deya javob berdi bir otaxon.
Gulira’no Jo‘raqulova
LiveBarchasi